Dollar kursi yana pastladi

O‘zbekistonda dollar, yevro va rublning rasmiy kursi birdan pasaydi.
Sputnik
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga, 4-oktabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Xorijiy valyutalarning 4-oktabr kuni amalda bo‘ladigan qiymati
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 17,73 so‘mga arzonlashdi va 10 987,21 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 56,93 so‘mga pasayib, 10 726,81 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rublining kursi 3,63 so‘mga qadrsizlanib, 189,35 so‘mni tashkil etdi.