Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi - O‘zgidromet

Bugun Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi.
Sputnik
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Bugun butun O‘zbekiston bo‘ylab biroz bulutli havo kuzatiladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarining ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechga tamon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Qayd etilishicha, kun davomida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 21...26 daraja bo‘ladi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli ob-havo kuzatiladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 22...24 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12...17 daraja bo‘ladi.