TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Toshkent shahri Yashnobod tumanining ba’zi hududlarda 2-oktabr kuni vaqtincha elektr ta’minotidan uzilishlar yuzaga keldi. Bu haqda "Toshkent shahar elektr tarmoqlari" xabar berdi.
Soat 09:40da tuman hududida joylashgan yuqori kuchlanishli "Hosilot" podstansiyasining quvvati 10 kilovatt bo‘lgan qismida avariya holatida elektr energiyasidan uzilish sodir bo‘lgan.
Oqibatda Aviasozlar mavzesining 3 hamda 4-dahalarida, 58-sonli Xarbiylar shaharchasi, Yangiobod mavzesi, Asalobod hamda Dubovaya ko‘chalaridagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilish sodir bo‘lgan.
Hozir nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda
“Tez orada yuzaga kelgan nosozlik to‘liq bartaraf etilib, tarmoq orqali elektr energiyasi yetkazib beriladi”, - deyiladi xabarda.