Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat qildi

Rim papasi Zelenskiyni esa jiddiy tinchlik takliflariga ochiq bo‘lishga chaqiradi, deyiladi xabarda.
Sputnik
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Rim papasi Fransisk Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiyga qarama-qarshilikka chek qo‘yishni so‘rab murojaat qildi.

“Rim papasi Fransisk Ukrainadagi mojaroning harbiy kuchayishi va yadroviy tahdiddan chuqur xavotir bildiradi. U Putinni qarama-qarshilikni zudlik bilan to‘xtatishga, Zelenskiyni esa jiddiy tinchlik takliflariga ochiq bo‘lishga chaqiradi”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, bundan tashqari, Rim papasi tomonlarni har bir davlatning hududiy yaxlitligi va ozchiliklar huquqlarini hurmat qilishga chaqirgan.
Fransisk bir necha bor Ukraina inqirozining sabablari haqida gapirgan va NATOning Rossiya chegaralari yaqinidagi harakatlarini Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanishiga turtki deb atagan.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.