Liz Trass va Charlz III o‘rtasida “mojaro” bo‘lib o‘tgani aytildi

Ta’kidlanishicha, Britaniya monarxi hukumat rahbarining iltimosi bilan jonkuyar atrof-muhitni himoya qiluvchi sifatida BMT tadbirida qatnashish g‘oyasidan voz kechgan.
Sputnik
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Buyuk Britaniya bosh vaziri Liz Trass va qirol Charlz III BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha COP27 konferensiyasida ishtirok etish borasida kelishmovchiliklarga duch keldi. Bu haqda “Times” yozmoqda.
Gazetaning yozishicha, Britaniya monarxi hukumat rahbarining iltimosi bilan jonkuyar atrof-muhitni himoya qiluvchi sifatida tadbirda qatnashish g‘oyasidan voz kechgan.
Nashrning yozishicha, bu qaror Trass va Charlz III o‘rtasidagi keskinlikni kuchaytirishi mumkin. “Times” gazetasining Dauning-stritdagi manbasiga ko‘ra, bu masala bo‘yicha muhokama “yaxshi atmosferada” o‘tgan va bu bo‘yicha “hech qanday janjal bo‘lmagan”.

“Oliy hazratlarining sammitda jismonan ishtirok etmasligi uning ishtirok etish yo‘llarini topa olmasligini anglatmaydi”, - deb tushuntirgan manba.

Eslatib o‘tamiz, 8-sentabr kuni Bukingem saroyi mamlakatni 70-yildan ortiq boshqargan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Shotlandiyada 96 yoshida vafot etganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng uning o‘g‘li Vorislik kengashida rasman Buyuk Britaniya qiroli Charlz III deb e’lon qilindi.