Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

G‘arb Xerson viloyati maqomini o‘zining yo‘qotishi deb biladi – Stremousov

G‘arb uzoq vaqtdan beri mustamlaka tamoyili bo‘yicha Ukrainani o‘zining davlati deb biladi, deydi Stremousov.
Sputnik
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. G‘arb davlatlari Xerson viloyatini Rossiya Federatsiyasining bir qismi sifatida tan olishdan bosh tortmoqda, chunki ular buni o‘z mulkini yo‘qotish deb biladi. Bu haqda viloyat ma’muriyati rahbari Kirill Stremousov ma’lum qildi.

“Ukraina suveren davlat sifatida mavjud bo‘lishni to‘xtatdi. Kollektiv G‘arb referendum natijalarini va Rossiya tarkibiga yangi hududlarning kirishini tan olishdan bosh tortmoqda, chunki ular buni o‘z mulklarini yo‘qotish deb biladi. G‘arb uzoq vaqtdan beri mustamlaka tamoyili bo‘yicha Ukrainani o‘zining davlati deb biladi”, - dedi Stremousov.

30 sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda DXR, LXR, Xerson va Zaporojye viloyatlarida o‘tkazilgan referendumlar yakunlari bo‘yicha nutq so‘zladi, shundan so‘ng hududlarni Rossiya tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi bitimlarni imzoladi. Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi va AQSh allaqachon hududlarning yangi maqomi tan olinmasligini e’lon qilgan.