Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina Doneskdagi maktabga zarba berdi

Qayd etilishicha, Ugolnaya ko‘chasi bo‘ylab Gornyak qishlog‘ining o‘qqa tutilishi natijasida 67-sonli maktab zarar ko‘rdi.
Sputnik
TOShKENT, 1 okt - Sputnik. Ukraina qo‘shinlari Doneskni o‘qqa tutishi ortidan maktab zarar ko‘rdi. Bu haqda DXR hududiy mudofaa shtabi xabar berdi.
“Ukraina qurolli tuzilmalari Doneskning Kuybishevskiy tumaniga hujum qildi. Ugolnaya ko‘chasi bo‘ylab Gornyak qishlog‘ining o‘qqa tutilishi natijasida 67-sonli maktab zarar ko‘rdi”, deyiladi shtabning Telegram kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 30-sentabr kuni Kremlda DXR, LXR, Xerson va Zaporojye viloyatlarida o‘tkazilgan referendumlar yakunlari bo‘yicha nutq so‘zladi, shundan so‘ng u hududlarni Rossiya tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi bitimlarni imzoladi.
Ukraina harbiylari chekinish oldidan tankdan maktabga zarba berdi - o‘qituvchi. Video