Shavkat Mirziyoyev XXR tashkil topgan kuni munosabati bilan Si Szinpinga tabrik yo‘lladi

Tabrik so‘zida ezgu niyatlardan tashqari O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani qayd etilgan.
Sputnik
TOShKENT, 1 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 73-yilligi munosabati bilan XXR Raisi Si Szinpinga tabrik yo‘lladi.

Maktubda dunyodagi murakkab vaziyatga qaramay, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda tobora mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlangan.

Yaqinda O‘zbekiston Respublikasiga amalga oshirilgan davlat tashrifi va Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan sermahsul uchrashuvlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining yangi darajasiga ko‘targani qayd etilgan.