Samarqandda yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha jahon chempionati boshlandi - foto

Musobaqaning erkakrlar bellashuvida 11 davlat vakillari, ayollar bellashuvida 5 davlat vakillari ishtirok etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 1 okt - Sputnik. Bugun Samarqanddadagi “Afrosiyob arena” sport majmuasida yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha erkaklar o‘rtasida XVII, ayollar o‘rtasida VIII jahon chempionati boshlandi, deb xabar qilmoqda Zarnews nashri.
V Samarkande nachalsya chempionat po pojarno-spasatelnomu sportu
Chempionatning erkaklar o‘rtasidagi bahsida 11 davlat - O‘zbekiston, Tojikiston, Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Eron, Belarus va Qirg‘iziston respublikalari jamoalari g‘oliblik uchun bahslashapti.
V Samarkande nachalsya chempionat po pojarno-spasatelnomu sportu
Ayollar o‘rtasidagi bahsida esa - O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Belarus, Turkiya Respublikalari jamoalari kuch sinashmoqda.
Chempionatlarda jami 200 nafardan ortiq sportchi ishtirok etmoqda. Xalqaro o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar federatsiyasi hamkorligida o‘tkazilayotgan mazkur chempionat bahslari 5-oktabrga qadar davom etadi.
V Samarkande nachalsya chempionat po pojarno-spasatelnomu sportu