O‘zbekistonda qancha o‘qituvchi borligi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekstonda jami maktablar soni 10085ta, maktab o‘quvchilari soni - 6,4 mln. kishini tashkil qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 1 okt - Sputnik. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga O‘Zbekistonda jami 685,4 ming nafar pedagoglar faoliyat yuritmoqda.
Pedagoglarning ta’lim turlari bo‘yicha soni:
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida – 116,0 ming nafar
Umumta’lim muassasalarida – 510,0 ming nafar
Akademik litseylarda – 3,3 ming nafar
Kasb-hunar maktablarida – 9,9 ming nafar
Kollejlarda – 3,9 ming nafar
Texnikumlarda – 4,9 ming nafar
Oliy ta’lim tashkilotlarida – 37,4 ming nafar
Qo‘shimcha ma’lumot sifatida shuni aytish mumkinki, ayni damda O‘zbekstonda jami maktablar soni 10085ta, jami maktab o‘quvchilari soni esa - 6,4 mln. kishini tashkil qiladi. O‘zbekiston maktablarida har bir sinfda o‘rtacha 25 nafar bola o‘qiydi.