O‘zbekiston bilan chegara masalasi tinch yo‘l bilan hal qilindi – Japarov

Qirg‘iz-tojik chegarasidagi 200 kilometrlik bahsli hududlar masalasini hal qilish uchun barcha sa’y-harakatlar amalga oshiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 1 okt - Sputnik. O‘zbekiston bilan chegaralar masalasi tinch yo‘l – muzokaralar yo‘li bilan hal qilindi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Akilbek Japarov ma’lum qildi, deb yozmoqda Sputnik Kirgizstan.
Uning qayd etishicha, rasmiylar qirg‘iz-tojik chegarasidagi 200 kilometrlik bahsli hududlar masalasini hal qilish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshiradi.
“Qaysi yo‘l bo‘lishidan qat’i nazar, biz aholining tinch hayotini ta’minlash uchun chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalasini hal qilamiz”, dedi Vazirlar Mahkamasi rahbari.
Avvalroq Qirg‘iziston va O‘zbekiston hukumat delegatsiyalari Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha qo‘shma yig‘ilish bayonnomasini imzolagan edi.
Hujjat chegaraning alohida uchastkalari bo‘yicha yangi shartnoma loyihasini kelishish tartibini boshlash imkonini beradi.