TOShKENT, 1 okt - Sputnik. Nikaragua Tashqi ishlar vazirligi Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni to‘xtatganini e’lon qildi. Ria Novosti xabariga asosan.
“Nikaragua tashqi aloqalar vazirligi Niderlandiya Qirolligining izchil davom etayotgan intervension va neokolonialistik pozitsiyasi munosabati bilan, ushbu mamlakat bilan diplomatik munosabatlarni zudlik bilan to‘xtatish haqidagi qaror qabul qildi", - deyiladi respublika TIV bayonot matnida.
Nikaragua rahbari Daniyel Ortega juma kuni Gollandiyaning Markaziy Amerikadagi elchisi Kristin Pirenning mamlakat ishlariga aralashuvini qoraladi va Nikaraguaga boshqa kelmasligi kerakligini aytdi.
“Missiyaning diplomatiya va Vena konvensiyasiga zid yangi mustamlakachilik va imperiyaparastlik hukumati tomonidan doimiy amalga oshirilayotgan hujumlar bizni bu chorani ko‘rishga majbur qilmoqda. Biz Yer sharidagi Imperiya va Mustamlakachilarini yaxshi taniymiz va hech kim bizni ularning insoniyatga qarshi amalga oshirgan jinoyatlarini esimizdan chiqartira olmaydi”, - deyiladi Nikaragua Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Chorshanba kuni Nikaragua Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqining mamlakatdagi diplomatik missiyasi rahbari Bettina Mushaidtga mamlakat suverenitetiga hurmatsizlik qilgani uchun Nikaraguada qolishi noma’iul ekani xaqida xabardor qilgan edi.
Undan avvalroq esa AQSh elchisi lavozimiga nomzod Ugo Rodriges Nikaraguada ishlash uchun ruxsatnoma ola olmagan edi.