TOShKENT, 1 okt - Sputnik. Azov dengizi rasman Rossiyaning ichki dengiziga aylandi. Bu haqida Davlat Dumasi deputati Mixail Sheremet ma’lum qildi.
DXR, Zaporojye va Xerson viloyatlarining Rossiya tarkibigga kirishi munosabati bilan Azov dengizi rasmiy ravishda Rossiyaning ichki dengiziga aylandi, dedi Davlat dumasining Qrim viloyati deputati Sheremet.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu bilan Kiyev rasmiylarining Azov mintaqasida provokatsiyalar uyushtirish, NATOning esa u yerda o‘z harbiy-dengiz bazasini joylashtirish rejalariga barham topadi.
Prezident Vladimir Putin juma kuni Kremlda DXR, LXR, Xerson va Zaporoje viloyatlarida o‘tkazilgan referendumlar yakunlari bo‘yicha ularni Rossiyaga qabul qilish to‘g‘risidagi bitimlarni imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, 23-27 sentabr kunlari Ukrainaning ozod qilingan hududlarining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tgan edi. Referendum natijalariga ko‘ra DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42 %, Xerson viloyatida - 87,05 % va Zaporojye viloyatida - 93,11% aholi Rossiyaga qo‘shilishni yoqlab ovoz bergan edi.