Aksonov: Yangi hududlarning Rossiya tarkibiga kirishi - tarixiy adolatning tiklanishidir

Aksonov: Bu tarixiy adolatning tiklanishi, hammasi to‘g‘ri ketapti. BIz tarixiy chegaralarimizga qaytmoqdamiz.
Sputnik
TOShKENT, 1 okt - Sputnik. DXR, LXR, Xerson va Zaporojye viloyatlarining Rossiya tarkibiga kirishi tarixiy adolatning tiklanishi va bu oxirgi birlashish emas. Bu haqda Qrim rahbari Sergey Aksonov ta’kidladi.
“Bu tarixiy adolatning tiklanishi, hammasi to‘g‘ri ketapti. Prezident aniq aytdi: biz tarixiy chegaralarga qaytmoqdamiz, rus dunyosi bu chegaralarga qaytmoqda. Shunday ekan, mamlakat uchun, prezident uchun, uning qarorlari uchun faxr tuyg‘usi bor, aslida, hammasi to‘g‘ri. Shuning uchun, Xudoga shukur, olg‘a intilamiz, ishonchim komilki, bu oxirgi birlashish emas”, dedi Aksonov o‘zining Telegram kanalida joylashtirilgan videoda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 30-sentabr Kremlda DXR, LXR, Xerson va Zaporojye viloyatlarida o‘tkazilgan referendumlar yakunlari bo‘yicha nutq so‘zladi, shundan so‘ng u hududlarni Rossiya tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi bitimlarni imzoladi.
23-27 sentabr kunlari Ukrainaning ozod qilingan hududlarining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tgan edi. Referendum natijalariga ko‘ra DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42 %, Xerson viloyatida - 87,05 % va Zaporojye viloyatida - 93,11% aholi Rossiyaga qo‘shilishni yoqlab ovoz bergan edi.