29 sentabr kuni Toshkentda "Xon atlas 2022" milliy festivali o‘tkazildi. Suratda festival dirasida paradga chiqqan qizlar. Ular egnidagi kiyimiga mos ravishda boshlariga tillaqosh ham taqishgan.
"Xon atlas 2022" milliy festivali O‘zbekiston uchun noyob platforma bo‘lib, dizayn san’ati va milliy sanoat bilan bog‘liq yo‘nalishlarni taqdim etadi.
Festivalda paraddan tashqari konsert dasturlari, dizaynerlar taqdimoti, ommaviy raqs dasturlari ham taqdim etildi.
Festival doirasida xotin-qizlar va qizaloqlardan iorat 200 kishilik xon atlas paradi tashkil etildi.Suratda mazkur parad ishtirokchilari va tomoshabinlar.
Chinakam go‘zallik va milliy kolorit uyg‘unlashgan paradda dizaynerlar tomonidan tikilgan turli xil kiyimlar barchaning e’tiborini tortdi.
Bir metr atlas 2,5 oyda tayyor bo‘ladi. Matoga ruyan o‘simligi, anor po‘stlog‘i, o‘simlik bargi ekstrakti, piyoz po‘sti orqali rang beriladi. matoning 70 %i qo‘lda yaratiladi.
Konsert barchaga o‘zgacha kayfiyat baxsh etdi, katta-yu kichik raqsga tushdi. Suratda ommaviy raqs dasturlari
Festival doirasidagi barcha tadbirlar “TashkentCity” bog‘ida bo‘lib o‘tdi.