Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

UQK Zaporojyeda fuqarolik avtomobillari kolonnasiga zarba berdi

Rogovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hukumati yaqinda Rossiya Federatsiyasi subyektiga aylanadigan hududga odamlarning chiqib ketishining oldini olish uchun o‘zlari nazorat qilayotgan hududdagi aholini qo‘rqitmoqchi.
Sputnik
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari Zaporojye viloyatining ozod qilingan qismiga chiqishda turgan fuqarolik avtomobillari kolonnasiga zarba berdi. Bu haqda “Biz Rossiya bilan birgamiz” harakati raisi, Zaporojye viloyati harbiy-fuqarolik ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Ukrainalik jangarilar Orexovskaya shossesidagi bozor hududida navbatda turgan o‘nlab fuqarolik avtomobillari bo‘lgan karvonga zarba berishdi. Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va jarohatlanganlar bor”, deyiladi xabarda.
Uning ta’kidlashicha, Kiyev rejimi sodir bo‘lgan voqeani rus qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutilgan deb o‘ylanishiga harakat qilmoqda.
Rogovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hukumati yaqinda Rossiya Federatsiyasi subyektiga aylanadigan hududga odamlarning chiqib ketishining oldini olish uchun o‘zlari nazorat qilayotgan hududdagi aholini qo‘rqitmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, 23-27 sentabr kunlari Ukrainaning ozod qilingan hududlarining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tgan edi. Referendum natijalariga ko‘ra DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42 %, Xerson viloyatida - 87,05 % va Zaporojye viloyatida - 93,11% aholi Rossiyaga qo‘shilishni yoqlab ovoz bergan.
MSKlar hisobotiga ko‘ra, umumxalq referendumlarida to‘rt kun davomida DXRda – 97,51 foiz, LXRda – 92,6 foiz, Zaporojye viloyatida – 85,4 foiz, Xerson viloyatida – 76,86 foiz aholi saylovlarda ishtirok etgan.