Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukrainada bir necha kun ichida tinchlik o‘rnatilishi mumkin – Lukashenko

Lukashenko: Men yevropaliklarni ogohlantiraman: “Yana bir bor o‘ylab ko‘ring va yer yuzida tinchlik bo‘lishi uchun hamma narsani qiling”.
Sputnik
TOShKENT, 30 sen - Sputnik. Agar yevropaliklar chin dildan xohlasa, Ukrainada tinchlik bir necha kun ichida o‘rnatilishi mumkin. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ta’kidladi.
Bugun 30-sentabr kuni Belarus rahbari Birlashgan Arab Amirliklari, Argentina, Benin, Bosniya va Gersegovina, Braziliya, Kuba, Malta ordeni, Myanma, Falastin, Sudan va Shveysariya elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
“Agar yevropaliklar buni chin dildan xohlasa, bir necha kun ichida tinchlikka erishish mumkin”, deya Lukashenkoning so‘zlarini keltirgan Sputnik Belarus.
“Bugun ular bu mojaro haqida (Ukrainadagi - tahr.) ko‘p gapirishadi. Shu bilan birga, ko‘pchilik yer yuzida tinchlik bo‘lishini xohlashini aytadi. Men yevropaliklarni ogohlantiraman: “Yana bir bor o‘ylab ko‘ring va yer yuzida tinchlik bo‘lishi uchun hamma narsani qiling”, deydi Belarus rahbari.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.