Putin Kiyevdan Rossiyaga qo‘shilgan hududlarni o‘qqa tutishni darhol bas qilishni talab qildi

Rossiya prezidenti Kiyev va uning G‘arbdagi kuratorlarini DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlarini o‘qqa tutishni darhol bas qilib, muzokaralar stoliga o‘tirishni taklif qildi.
Sputnik
TOShKENT, 30 sen - Sputnik. DXR, LXR, Zaporojye va Xerson odamlari - Rossiya fuqarolariga aylandi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin ayni damda kremlda bo‘lib o‘tayotgan ozod qilingan hududlar bilan shartnoma imzolash marosimida.
Donesk va Lugansk respublikalari, Zaporojye va Xerson viloyatlari aholisi ko‘rib. bilib fahmiga yetib o‘z tanlovini amalga oshirdi. Endi ushbu hudud odamlari Rossiya fuqarolaridir.
Rossiya DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlari xalqiga hech qachon xiyonat qilmaydi. Biz DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlari xavfsizligini ta’minlaymiz, ularning yakson qilingan infratuzilmalarini qayta tiklashga yordam beramiz.
"Biz Kiyev rejimi va G‘arbdagi kuratorlaridan, ular 2014-yilda boshlagan urushni zudlik bilan to‘xtatib, muzokaralar stoliga qaytishga chaqiramiz. Biz bunga tayyormiz. Tinchlik faqat shu yo‘l bilan bo‘ladi", - dedi Rossiya prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, 23-27 sentabr kunlari Ukrainaning ozod qilingan hududlarining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tgan edi. Referendum natijalariga ko‘ra DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42 %, Xerson viloyatida - 87,05 % va Zaporojye viloyatida - 93,11% aholi Rossiyaga qo‘shilishni yoqlab ovoz bergan.
MSKlar hisobotiga ko‘ra, umumxalq referendumlarida to‘rt kun davomida DXRda – 97,51 foiz, LXRda – 92,6 foiz, Zaporojye viloyatida – 85,4 foiz, Xerson viloyatida – 76,86 foiz aholi saylovlarda ishtirok etgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 23-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarining suverenitetini tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi.