Patrushev: MDH, KXShT va ShHT Afg‘onistonga oid ma’lumotlar almashinuvini kuchaytirishi kerak

Rossiya Xavfsizlik kengashi rahbari Afg‘oniston yo‘nalishida yagona muvofiqlashtirilgan chiziqni ishlab chiqish muhim, deb hisoblaydi.
Sputnik
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. MDH davlatlari Afg‘onistonga razvedka ma’lumotlarni o‘zaro almashishni yo‘lga qo‘yishi kerak, dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi rahbari Nikolay Patrushev Moskvada bo‘lib o‘tayotgan MDH davlatlari maxsus xizmatlarining yillik yig‘ilishida.

“MDH, KXShT va ShHT doirasida Afg‘oniston yo‘nalishida yagona muvofiqlashtirilgan chiziqni ishlab chiqish uchun razvedka ma’lumotlari almashinuvini faollashtirish zarur”, - dedi Patrushev.

Rossiya Xavfsizlik Kengashi rahbari ta’kidlashicha, oxirgi ikki tashkilot doirasida MDH mamlakatlari noqonuniy migratsiya, terrorizm va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish kabi mavzularda samarali shartnomaviy-huquqiy vositalar va amaliy hamkorlik bo‘yicha yaxshi tajribaga ega.