O‘zbekistonda mayning faoliyati uchun yig‘imlar miqdori belgilandi

Mayning faoliyati uchun BHMning 10 baravari miqdorida - 3 mln so‘m yig‘im belgilandi.
Sputnik
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. O‘zbekiston Adliya vazirligi kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yig‘imlar miqdoriga oid nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Nizomga ko‘ra, O‘zbekistonda mayning va kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar tomonidan ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun yig‘imlar to‘lanadi.
Unga ko‘ra, mayning faoliyati uchun BHMning 10 baravari (3 mln so‘m) etib belgilandi.

Xizmatlar provayderlari bo‘yicha:

kripto-birja faoliyati uchun – BHMning 400 baravari (120 mln so‘m);
mayning-pul faoliyati uchun – BHMning 100 baravari (30 mln so‘m);
kripto-depozitariy faoliyati uchun – BHMning 5 baravari (1,5 mln so‘m);
kripto-do‘kon faoliyati uchun – BHMning 20 baravari (6 mln so‘m).
Yig‘imlar maynerlar va xizmatlar provayderlari tomonidan litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan paytdan e’tiboran har oyda to‘lanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yildan boshlab kripto-aktivlarni sotish va sotib olish operatsiyalari faqat milliy provayderlar orqali amalga oshiriladi. Xizmatlar provayderlari litsenziyasiga ega bo‘lmagan elektron platformalar (kripto-birjalar va elektron ayirboshlash maydonchalari)dan foydalanish belgilangan tartibda cheklandi.