TOShKENT, 29 sen - Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan dushanba, 3-oktabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Xorijiy valyutalarning 3-oktabr kuni amalda bo‘ladigan qiymati
© Markaziy bank
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 9,07 so‘mga pasayib, 11 004,94 so‘mni tashkil qildi.
Yevro esa so‘mga nisbatan mustahkamlandi. Xususan, 1 yevro 108,96 so‘mga oshib, 10 783,74 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli ham 1,18 so‘mga qimmatlashib, 192,98 so‘mni tashkil etdi.
Ma’lumot uchun, bugun Moskva valyuta birjasida yevro kursi 2014-yilning oktabridan buyon birinchi marta 52 rubldan pastga tushdi, dollar kursi 56 rublga teng bo‘ldi.