DXR, LXR, Zaporojye va Xerson - Rossiya tarkibiga qo‘shildi

Donesk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Xerson va Zaporojye viloyatlarining Rossiya tarkibiga kirishi bo‘yicha kelishuvlarni imzolandi.
Sputnik
TOShKENT, 30 sen - Sputnik. Hozirgina Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donesk Xalq Respublikasi, Lugansk Xalq Respublikasi, Zaporojye va Xerson viloyatlarini Rossiya tarkibisha qo‘shib olish to‘g‘risidagi shartnomalar imzoladi.
Marosim chog‘ida Vladimir Putin ushbu hududlar aholisi o‘z ixtiyori bilan Rossiya bilan birga bo‘lishga qaror qilganini ta’kidladi.
"Ular o‘z xalqi bilan birga bo‘lishni, Vatan bilan birga bo‘lishni, uning taqdirini yashashni, u bilan birga g‘alaba qozonishni tanlashdi. Haqiqat biz tomonda! Rossiya biz tomonda!" - ded Putin.
Marosim Kremlning Georgiyevskiy zalida bo‘lib o‘tdi. Shartnomalarga DXR rahbari Denis Pushilin, LXR rahbari Leonid Pasechnik, Zaporojye viloyati rahbari Yevgeniy Paleskiy, Xerson viloyati rahbari Vladimir Saldolar imzo chekishdi.
Shu damdan boshlab Rossiya Federatsiyasi tarkibida yangi subyektlar paydo bo‘ldi.
Keyin Rossiya madhiyasi yangradi. Putinning yonida turgan Pushilin, Pasechnik, Baliskiy va Saldo birinchi marta Federatsiyaning yangi subyektlari rahbarlari sifatida uni tinglashdi.
Seremoniya podpisaniya dogovorov o vxojdenii v RF DNR, LNR, Zaporojskoy i Xersonskoy oblastey sostoyalas v Kremle
Eslatib o‘tamiz, 23-27 sentabr kunlari Ukrainaning ozod qilingan hududlarining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tgan edi. Referendum natijalariga ko‘ra DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42 %, Xerson viloyatida - 87,05 % va Zaporojye viloyatida - 93,11% aholi Rossiyaga qo‘shilishni yoqlab ovoz bergan.
MSKlar hisobotiga ko‘ra, umumxalq referendumlarida to‘rt kun davomida DXRda – 97,51 foiz, LXRda – 92,6 foiz, Zaporojye viloyatida – 85,4 foiz, Xerson viloyatida – 76,86 foiz aholi saylovlarda ishtirok etgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 23-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarining suverenitetini tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi.