Ziroat Mirziyoyeva Buxorodagi maktab-internatga bordi

Ziroat Mirziyoyeva "Zamin Eco education" o‘quvchilari bilan birgalikda daraxt ekish aksiyasini o‘tkazdi.
Sputnik
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. "Zamin" xalqaro jamoat fondi raisi Ziroat Mirziyoyeva Buxorodagi 123-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatga tashrif buyurib, o‘quvchilar bilan samimiy suhbatlashdi. Bu haqda fond matbuot xizmati xabar berdi.
"Zamin" xalqaro jamoat fondi raisi Ziroat Mirziyoyeva Buxorodagi 123-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatga tashrif buyuridi.
“Bolalar o‘z yutuqlari haqida so‘zlab berdilar. Ularni ekologiya mavzusiga qiziqtirish uchun mehmonlar "Zamin Eco education" o‘quvchilari bilan birgalikda daraxt ekish aksiyasini o‘tkazdi”, - deyiladi xabarda.
"Zamin" xalqaro jamoat fondi raisi Ziroat Mirziyoyeva Buxorodagi 123-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatga tashrif buyuridi.
Qayd etilishicha, tadbir davomida "aqlli sug‘orish" tizimi namoyish etilgan. Havo harorati va namlik darajasini o‘lchaydigan datchiklar tufayli sug‘orish uchun kerakli suv hajmi hisoblab chiqiladi. Ushbu tizim bilan tanishuv orqali maktab o‘quvchilariga suvni tejash naqadar muhimligi tushuntirilgan.