TOShKENT, 29 sen - Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari va ularning nazorati ostidagi Ukraina hukumati haqiqatni tan olishni istamaydi, shuning uchun ular DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlarida o‘tkazilgan referendum natijalarini beadablik bilan shubha ostiga qo‘yadi. Bu haqda Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
“Zelenskiy rejimi va, albatta, uning amerikalik kuratorlari voqelikni tan olishni, xalqaro huquqning bu tomonini ko‘rishni istamayapti. Aksincha, ular plebissit o‘tkazish tartibi va uning natijalariga orsizlarcha shubha bilan qarashadi, ularni ahamiyatsiz deb bilishadi”, deydi Zaxarova.
Rossiya tarkibiga qo‘shilish masalasi bo‘yicha referendumlar 23-27 sentabr kunlari Donesk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Xerson va Zaporojye viloyatlarida bo‘lib o‘tdi. Saylov bulletenlarini qayta ishlash natijalariga ko‘ra, DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42%, Xerson viloyatida - 87,05%, Zaporojye viloyatida - 93,11% aholi ulushi Rossiyaga qo‘shilish uchun ovoz bergan.