Xorijiy valyutalar o‘zbek so‘miga nisbatan mustahkamlandi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning 30-sentabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Barcha valyutalar so‘mga nisbatan mustahkamlandi.
Sputnik
TOShKENT, 29 sen - Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga, 30-sentabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Xorijiy valyutalarning 30-sentabr kuni amalda bo‘ladigan qiymati
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 14,23 so‘mga ko‘tarilib, 11 014,01 so‘mni tashkil qildi.
Yevro ham so‘mga nisbatan mustahkamlandi. Xususan, 1 yevro 179,49 so‘mga oshib, 10 674,78 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli esa 3,53 so‘mga qimmatlashib, 191,80 so‘mni tashkil etdi.