TOShKENT, 29 sen - Sputnik. Ukraina qo‘shinlari 17-fevraldan beri Lugansk xalq respublikasini 10 mingdan ortiq o‘q-dorilardan foydalangan holda 1187-marta o‘qqa tutdi. Bu haqda Ukraina harbiy jinoyatlari bilan bog‘liq masalalarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish qo‘shma markazining LXRdagi vakolatxonasi ma’lum qildi.
“2022 yil 17-fevraldan 2022-yil 29-sentabrgacha bo‘lgan davrda Ukraina qurolli tuzilmalari tomonidan og‘ir qurollardan foydalanilgan holda respublika hududi 1187-marta o‘qqa tutildi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Ta’kidlanishicha, yuqoridagi davrda 404 nafar tinch aholi Ukraina qurolli tuzilmalari tajovuzkorligi qurboni bo‘ldi, ulardan 100 kishi halok bo‘lgan va 304 kishi jarohat olgan. Otishmalar natijasida yetti nafar bola halok bo‘lgan, 27 nafari jarohat olgan.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.