“Shimoliy oqim”da favqulodda holat: Yevropa eng yomon holatga tayyorlanmoqda

“Shimoliy oqim”da bo‘lib o‘tgan misli ko‘rilmagan favqulodda holatlarni o‘rganish zarur. Hozircha iqtisodiy zararlarni baholash qiyin. Qaysi tomon hisobidan quvurlar ta’mirlanishi va bu qancha vaqt olishi ma’lum emas.
Sputnik
Yevropada ishlab chiqarishlar to‘xtatilishi va gaz narxi yanada keskin oshishi prognoz qilinmoqda. YeI butunlay gaz quvurlarisiz qolishdan sarosimada. Avariyarining oqibatlari haqida - batafsil RIA Novosti materialida.

Milliardlab zararlar

Gaz oqishi “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim-2”ning birvarakayiga uchta liniyalarida sodir bo‘lgan. Bu Rossiya uchun ham, Yevropa Ittifoqi uchun ham birdek kutilmagan hodisa bo‘ladi. Ikki tomon ham holatning rejalashtirilgani va diversiyalar haqida aytmoqda.
Barcha liniyalarning quvvati 110 milliard kub metrni tashkil qiladi. Yevropada qo‘q yoqilg‘i narxi esa ming kubometr uchun 2000 dollardan ham qimmatroq. Garchi ikkala gaz quvurlari ham avariyapaytida ishlatilmagan bo‘lsada, ularda yuz million kubometr texnologik gaz yig‘ilib qolgan.
Milliy energiya xavfsizligi jamg‘armasi ekspertlari hisob-kitoblariga ko‘ra, har bir liniyada taxminan 100 million kubometr bo‘lishi mumkin. Agar hozirgi narxlarda hisoblansa, bu 500-600 million dollar zarar degani. Bundan tashqari, atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun regulyatorlarning ehtimoliy sanksiyalari.
Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu uch liniyaning har birida 150 dan 360 million kubometr gaz bo‘lgan, ya’ni jami 450-1080 million zarar.
“Bu quvurlardagi bosimga ham bog‘liq bo‘lib, tortib olish paytida talab qilinganidan kamroq bo‘lishi mumkin. Gazning hammasi sizib chiqqanmi yoki uning bir qismi texnik jihatdan to‘xtatilganmi - bular noma’lum. Shunga ko‘ra, sizib chiqishning bozor qiymati 0,9 2,1 milliard dollarni tashkil qilishi mumkin” , - deb taxmin qilmoqda TeleTrade axborot tahliliy markazining bosh iqtisodchisi Mark Goyxman.

Kim zararni to‘lashi kerak?

Tahlilchilar infratuzilmani tiklash uchun kerak bo‘lgan xarajatlarni hozircha hisoblashmagan. Bu yerda asosiy savol- kim bularni to‘lashida. Shartnomalarga ko‘ra, Shimoliy oqim operatorlari - “Gazprom”ning sho‘ba korxonalari ta’mirlashlari kerak. Va ular ehtimol bunday ishlarni amalga oshirishga qodir tashkilotlarni jalb qilishlari kerak bo‘ladi.
“Kimning hisobidan ta’mirlanadi? Aslida sizib chiqishda aybdor bo‘lganlar mablag‘ ajratishi kerak. To‘g‘ri, ularni qanday qilib javob berishga chaqirish noma’lum. Ehtimol, Stokgol arbitraji yoki boshqa xalqaro sud instansiyasi shug‘ullanar”, - deydi mustaqil sanoat eksperti Leonid Xazanov.
Sug‘urta bozoridagi ikkita manbaning RIA Novostiga xabar berishicha, “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim 2” gaz quvurlari xorijiy kompaniyalarda sug‘urtalangan va sug‘urta shartlari ham noma’lum.
Agar sodir bo‘lgan voqea sug‘urta hodisasi sifatida topilsa- sug‘urtalovchi to‘laydi, ammo bu uchun sud jarayonlari talab etiladi deydi energetika sohasidagi mustaqil tahlilchi Dmitriy Adamidov. Ammo uning aytishicha, muammo pulda emasyu
Yevropa sanoati va logistika bilan bog‘liq mavjud muammolarni, shuningdek, o‘zaro sanksiyalarni hisobga olgan holda, quvur liniyasi va agregatlarni tiklash uchun buyurtma berish unchalik oson emas. Va ko‘pchilik dengiz quvurini ta’mirlash qobiliyatiga ega emas.
Yevropada eng yomon holatga tayyorlanishmoqda. Tagesspiegel ning hukumatdagi manbalari tayanib xabar berishicha, hukumat “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim 2” gaz quvurlari butunlay yaroqsiz bo‘lib qolishidan havotirda. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, agar magistrallar yaqin vaqtda ta’mirlanmasa, korpus germetligi yo‘qolishi sabab quvur ichiga ko‘p tuzli suv kirishi va bu korroziyaga olib kelishi mumkin.

Ekstremal narxlar

Ta’mirlash ishlari tezda sodir bo‘lishini kutish kerakmas. Voqea sodir bo‘lgan joyni tekshirish bir necha hafta davom etishi mumkin va tiklanish bir necha oyga cho‘ziladi.
Hozir Yevropaga gaz yetkazib berish faqat Ukraina hududi (kuniga taxminan 42 million kub metr) va “Turk oqimi” quvuri orqali amalga oshirilmoqda. “Shimoliy oqim”dan geosiyosiy kurashni yumshatish va sanksiyalarni bekor qilish evaziga ko‘k yoqilg‘i olish uchun foydalanish mumkin, deyli investitsiyalar bo‘yicha konsultant, mustaqil direktorlar uyushmasi a’zosi Nikolay Neplyuyev.
Shuningdek, Yevropa muammoni hal qilish va Rossiyadan normal gaz olishni tiklash imkoniyatini yo‘qotdi. Yoqilg‘i narxi faqat ko‘tariladi, ya’ni ko‘p gaz talab qiluvchi sanoat eng katta narxlarni to‘laydi yoki ishlab chiqarishni to‘xtatadi.

Korxonalarning to‘xtatib qo‘yilishi

Xavf maydonida - ko‘p energiya talab qiladigan yuzlab Yevropa zavodlari. Avvalgidek, metallurgiya va o‘g‘itlar ishlab chiqarish katta zarba ostida qoladi - azotli o‘g‘it ishlab chiqarish quvvatlarining 70 foizi allaqachon to‘xtab qolgan.
Qit’aning asosiy alyuminiy yetkazib beruvchilaridan biri bo‘lgan Slovalco sentabr oyidan Slovakiyada ishlab chiqarishni qisqartirmoqda. Niderlandiyaning Budel rux zavodi ham xuddi shunday ma’lumot bergan. Ruminiya giganti Chimcomplex, yelim, plomba va lak ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan poliollar, oktanol va izobutanol ishlab chiqarishni to‘xtatdi. Polshaning ANWIL kompaniyasi ham to‘xtatilgan, Norvegiyaning Yara quvvatini 35 % ga kamaytirdi. Germaniyada Stickstoffwerke Piesteritz filiallari yopilmoqda.
“Agar Rossiyadan tabiiy gaz eksporti to‘xtatilsa, fosfor va kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi barcha korxonalar to‘xtaydi. Shu bilan birga, metallurgiya, avtomobil, oziq-ovqat va boshqa sanoat korxonalari, ko‘k yoqilg‘idan foydalanadigan ko‘plab elektr stansiyalari ham bunga duchor bo‘lishi mumkin. Yo‘lovchi va yuk poyezdlari qisqarishi ham mumkin”, - deya taxmin qilmoqda Leonid Xazanov.
Shunday qilib, Yevropadagi energiya inqirozi qishda yangi jiddiy bosqichga o‘tadi. Rossiya, o‘z navbatida, noma’lum muddatga gaz yetkazib berishdan oladigan potensial daromaddan mahrum bo‘ladi. Rossiya TIV allaqachon Moskva Brussel bilan birgalikda “Shimoliy oqim”dagi avariyalarni tekshirishga tayyorligini bildirgan. 30-sentabr juma kuni BMT Xavfsizlik kengashining gaz quvurlariga qarshi diversiya bilan bog‘liq shoshilinch yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.