TOShKENT, 29 sen — Sputnik. 1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan respublikaning 700 nafar ustoz-murabbiysi bayramni nishonlash uchun Samarqandga yo‘l oldi. Bu haqida Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, bayram munosabati bilan Samarqand xalqaro turistik markazida davlat tadbiri bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Maktabgacha ta’lim vazirliklari hamda Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan ustoz-murabbiylar ishtirok etadi.
O‘qituvchilar ikki kun davomida "Boqiy Samarqand" majmuasiga hamda shaharning boshqa diqqatga sazovor joylariga sayohat qiladi.
Bugun o‘qituvchi va murabbiylar Samarqand shahrida tantanali ravishda kutib olinmoqda.
O‘qituvchi va murabbiylar
© Xalq ta’limi vazirligi
Samarqanddgi “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida umumxalq bayramining asosiy tadbirlari boshlanadi.