Peskov Putinning Ostonaga safari haqidagi savolga javob berdi

Kreml rasmiysi Dmitriy Peskovning aytishicha, Putinning Ostonaga safari haqida savol berishga hali erta.
Sputnik
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning oktabr oyida Qozog‘istonga tashrif buyurushi haqida gapirishga hali erta, dedi uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarning tegishli savollariga javob berar ekan. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirdi.
Avvalroq, Rossiya prezidentining xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov Putin oktabr oyida Ostonada Osiyoda hamkorlik va ishonch chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilishda hamda MDH davlatlari rahbarlarining “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi sammitida ishtirok etishini ma’lum qilgandi. Jurnalistlar ushbu safar rejalari o‘zgargan yoki o‘zgarmaganligiga qiziqdi.
“Yo‘q, hech qanday rejalar o‘zgarmadi. Biz ma’lum bir vaqtda hammasini e’lon qilamiz. Aytishim mumkinki, hozircha rejalar o‘zgarmagan”, - dedi u.
Ma’lumot uchun, 14-oktabr kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida oliy darajadagi “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammiti va MDH davlatlari rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi.