Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Melitopolda maktab yaqinida portlovchi qurilma ishga tushdi

RIA Novostining Rossiya huquq-tartibot idoralaridagi manbasi “o‘tayotgan har qanday odam ushbu qo‘poruvchilik qurboni bo‘lishi mumkinligini” ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 29 sen - Sputnik. Bugun, 29-sentabr kuni ertalab Melitopolda maktab yaqinidagi daraxtga o‘rnatilgan qo‘lbola portlovchi qurilma ishga tushdi, u yerdan o‘tib ketayotgan avtomobil haydovchisi jarohat oldi. Bu haqda Zaporojye viloyati ma’muriyati xabar bermoqda.

“Melitopolda taxminan soat 07:50 da portlash ovozi eshitildi. Maktab yaqinida, “Palladium” savdo markazi ro‘parasida qo‘lbola portlovchi qurilma ishga tushirildi. O‘tib ketayotgan avtomobil shikastlangan, haydovchi yengil tan jarohati olgan”, - deyiladi xabarda.

Hozir voqea joyida maxsus xizmatlar ishlamoqda. Qayd etilganidek, qo‘lbola portlovchi qurilma zarba beruvchi elementlar bilan to‘ldirilgan.
RIA Novostining Rossiya huquq-tartibot idoralaridagi manbasi “o‘tayotgan har qanday odam ushbu qo‘poruvchilik qurboni bo‘lishi mumkinligini” ta’kidladi.
Zaporojye viloyati rasmiylari Kiyev rejimi Rossiya hukumatiga vahima va ishonchsizlik uyg‘otish maqsadida tinch aholiga qarshi terrorchilik harakatlarini amalga oshirishda davom etayotganini bir necha bor qayd etgan.