Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Zaporojye endi Ukraina tarkibida emas – Rogov

Vladimir Rogovning aytishicha, Zaporojye viloyati vataniga — Rossiyaga qaytmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 28 sen - Sputnik. Zaporojye viloyati endi Ukraina tarkibiga kirmaydi, bu qaror yakuniy va qaytarilmasdir, dedi “Biz Rossiya bilanmiz” harakati raisi, Zaporojye viloyati ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov.
Zaporojye viloyatida o‘tkazilgan referendumda saylovchilarning 93,11 foizdan ortig‘i Rossiya bilan birlashish uchun ovoz berdi. Saylov komissiyasi ushbu qarorni ma’qulladi, referendum davomida qo‘pol qonunbuzarliklar va izohlar qayd etilmadi.

"Referendumning rasmiy natijalari sarhisob qilindi. Zaporojye viloyati endi Ukraina tarkibiga kirmaydi va undan rasman chiqib ketdi. Bu qaror yakuniy va qaytarib bo‘lmaydigan qarordir. Biz vatanga, Rossiyaga qaytayapmiz", - dedi Rogov RIA Novosti agentligiga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev rasmiylarining qo‘rqitishi, o‘q uzishi va Zaporojye viloyatidagi teraktlar taktikasi xalqning ruhini hamda ularning Rossiyadagi tarixiy vataniga qaytish istagini sindira olmadi.
23 sentabr kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Xerson va Zaporojye viloyatlarida Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendum boshlandi va u 27-sentabrga qadar davom etdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya referendum qarorlarini qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Respublikalar va viloyatlar vakillarining fikricha, Rossiyaga qo‘shilish ularning hududlari xavfsizligini ta’minlaydi va tarixiy adolatni tiklaydi.