Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Zaporojye AESi Rossiya mulkiga aylanishi kerak – Rogov

Rogov: Zaporojye atom elektr stansiyasi ukrainalik terrorchilarga berilmasligi kerak.
Sputnik
TOShKENT, 28 sen - Sputnik. Zaporojye viloyati Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirgach, Zaporojye AES imkon qadar tezroq Rossiya mulkiga aylanishi kerak. Bu haqda “Biz Rossiya bilanmiz” harakati raisi, Zaporojye viloyati ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov ma’lum qildi.
“Zaporojye atom elektr stansiyasi ukrainalik terrorchilarga berilmasligi kerak. U Rossiya mulkiga aylanishi kerak, AESning alohida maqomlari bo‘lishi shart emas”, dedi Rogov RIA Novosti agentligiga.
Zaporojye viloyatida o‘tkazilgan referendumda 100 foiz bulletenlar qayta ishlangandan so‘ng, saylovchilarning 93,11 foizdan ortig‘i Rossiya bilan birlashish uchun ovoz bergani ma’lum bo‘lgan. Saylov komissiyasi ushbu qarorni tasdiqlagan. Referendum chog‘ida qo‘pol qonunbuzarliklar bo‘lmagan.