Turkiya banklari AQSh bosimi ostida – Kreml

Peskovning aytishicha, Turkiya banklari AQShning misli ko‘rilmagan bosimi tufayli “Mir” to‘lov tizimidan voz kechgan.
Sputnik
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. KremlTurkiya davlat banklari Rossiyaning “Mir” to‘lov tizimidan foydalanishni to‘xtatishiga Amerika Qo‘shma Shtatlarining mamlakatga misli ko‘rilmagan bosimi va ikkilamchi sanksiyalar tahdidi tufayli majbur bo‘lgan, deb hisoblaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
“Ko‘rinib turibdiki, banklar va xo‘jalik operatorlari Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan eng kuchli bosim ostida, ular bank tizimi uchun ikkilamchi sanksiyalar bilan tahdid qilishmoqda, bu qaror, albatta, misli ko‘rilmagan bosim ostida qabul qilingan, vaziyat murakkab. Va, albatta, savdo-iqtisodiy hamkorligimizga ziyon yetkazmaslik va har yili Turkiyaga tashrif buyuradigan ko‘p millionli rossiyalik sayyohlarimizni qulay sharoitlardan mahrum qilmaslik uchun bu bosimga qarshi kurashish yo‘llarini birgalikda izlashimiz kerak”, - dedi Peskov.
Avvalroq, “Bloomberg” turkiyalik yuqori martabali mulozimga tayangan holda Turkiya davlat banklari “Halkbank”, “Ziraat Bank” va“VakıfBank” “Mir” tizimidan foydalanishni to‘xtatishga qaror qilgani haqida xabar bergan edi.
Qayd etilishicha,turk banklarining bunday rejalari “AQShning ikkilamchi sanksiyalari mamlakatlarni Moskvadan uzoqlashishga majbur qilayotganiga” misoldir.