O‘zgidromet bugun kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi

Bugun kun davomida shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 22...27 darajani tashkil etadi.
Sputnik
TOShKENT, 28 sen - Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Qayd etilishicha, kun davomida shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 22...27 darajani tashkil etadi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 25...27 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13...18 daraja bo‘ladi.