Moskvadagi mashhur muzeyda o‘zbek tilida ekskursiyalar tashkil etiladi

"Sarisino" saroyi 1776-yilda Yekaterina II buyrug‘i bilan qurilgan. Muzey va park hududi 100 gektardan ortiq maydonni egallagan.
Sputnik
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Rossiyaning “Sarisino” muzey-qo‘riqxonasi 2023-yilning fevral oyidan boshlab o‘zbek, arman va qirg‘iz tillarida ekskursiyalarni yo‘lga qo‘yish rejasini e’lon qildi. Bu haqida Sputnik muxbiriga muzeyda ma’lum qilindi.
Sovet respublikalari xalq hunarmandlarining 800ta ishidan iborat "V poiskax narodnogo" ko‘rgazmasi doirasida ekskursiya o‘tkazilishi mumkin.
Ekspozitsiya Markaziy Osiyo, Rossiya, Kavkaz, Belorus, Moldova, Ukraina va Boltiqbo‘yi mamlakatlari hududida 1960-1980 yillardagi san’at haqida hikoya qiladi.
“Ushbu ekskursiyalarning maqsadi - so‘zning keng ma’nosi inklyuzivlikdir. "Sarisino” o‘z auditoriyasini kengaytirishga intiladi", deyiladi muzey matbuot xizmati xabarida.
"Sarisino" - Moskva janubidagi saroy va park ansambli bo‘lib u 1776-yilda imperator Yekaterina II buyrug‘i bilan qurilgan. Muzey qo‘riqxona hududi 100 gektardan ortiq maydonni egallagan.
Gosudarstvenniy muzey - zapovednik "Sarisino"
"Sarisino" - arxitektura uslubi "rus gotikasi" deb ataladi. Uni o‘z davrining eng mashhur me’morlari Vasiliy Bajenov va Matvey Kazakov lar 20-yil davomida imperator qarorgohi sifatida qurishgan.
"Sarisino" - XVIII asrda yaratilgan Yevropadagi eng yirik gotik bino va ushbu uslubda yaratilgan yagona saroy majmuasi hisoblanadi. Saroy va park ansamblining xususiyatlari ko‘p jihatdan rus me’morchiligida yangi yo‘nalishni belgilab berdi. Saroy qurilganidan 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida Rossiya imperiyasining turli qismlarida ushbu uslub ta’sirida yaratilgan ko‘plab binolar paydo bo‘lgan.
Tavricheskiy zal Bolshogo Dvorsa. "Sarisino".