TOShKENT, 28 sen - Sputnik. Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlarini jiddiy qabul qilishga chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti “Süddeutsche Zeitung”ga tayanib, xabar berdi.
Qayd etilishicha, Merkel Federal kansler Gelmut Kol fondining ochilishida ishtirok etgan. O‘z nutqi davomida u hozirgi siyosiy kun tartibiga to‘xtalib o‘tgan. Sobiq kansler bir paytlar Rossiya rahbarining so‘zlarini jiddiy qabul qilish kerakligini aytganini, hozir ham bu gaplar o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini eslagan.
“Ularni (Rossiya rahbarining bayonotlari. — Tahr.) dag‘dag‘a sifatida hisoblamaslik kerak. Jiddiy qabul qilish - bu ojizlik belgisi emas, balki siyosiy donolik belgisidir”, - dedi Merkel.
Avvalroq, Vladimir Putin rossiyaliklarga murojaatida Rossiyani yadro quroli bilan shantaj qilmoqchi bo‘lganlar, shamol ular tomonga burilishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.