TOShKENT, 28 sen - Sputnik. Lugansk xalq respublikasi parlamenti referendum munosabati bilan Rossiya Davlat dumasi va Federatsiya Kengashi tomonidan yaqin kunlarda muayan qarorlar qabul qilinishini kutmoqda. Bu haqda LXR parlamenti raisi Denis Miroshnichenko ma’lum qildi.
“Yaqin kunlarda Davlat Dumasidagi hamkasblarimizdan, Federatsiya Kengashidan ma’lum qarorlar qabul qilinishini kutamiz va so‘z, albatta, Oliy Bosh qo‘mondon Vladimir Vladimirovichga. O‘ylaymanki, bu yaqin kelajakda sodir bo‘ladi”, dedi Miroshnichenko.
Rossiya tarkibiga qo‘shilish masalasi bo‘yicha referendumlar 23-27 sentabr kunlari Donesk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Xerson va Zaporojye viloyatlarida bo‘lib o‘tdi. Saylov bulletenlarini qayta ishlash natijalariga ko‘ra, DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42%, Xerson viloyatida - 87,05%, Zaporojye viloyatida - 93,11% aholi ulushi Rossiyaga qo‘shilish uchun ovoz bergan.