Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Donbassliklarning qarori millionlab odamlarni genotsiddan qutqaradi – Volodin

Volodin referendum natijalarin sharhlar ekan Donbass hududlari aholisining qarori millionlab odamlarn genotsiddan qutqarishini aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 28 sen - Sputnik. Donbass hududlari aholisining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha qarori millionlab odamlarni genotsiddan qutqaradi, dedi Rossiya Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin ovoz berish natijalarini sharhlar ekan.
“Qabul qilingan qaror millionlab odamlarni genotsiddan qutqaradi. Bu bizga kelajak uchun birgalikda rejalar tuzish imkoniyatini beradi”, - deb yozdi duma spikeri Telegram-kanalida.
23-27 sentabr kunlari Donesk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Xerson va Zaporojye viloyatlarida Rossiya tarkibiga qo‘shilish masalasi bo‘yicha referendumlar o‘tkazildi. Saylov bulletenlarini qayta ishlash natijalariga ko‘ra, DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42%, Xerson viloyatida - 87,05%, Zaporojye viloyatida - 93,11% aholi ulushi Rossiya Federatsiyasiga qo‘shilish uchun ovoz bergan.