TOShKENT, 28 sen - Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga, 29-sentabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Xorijiy valyutalarning 29-sentabr kuni amalda bo‘ladigan qiymati
© Markaziy bank
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 25,141 so‘mga pasayib, 10 999,78 so‘mni tashkil qildi.
Yevro ham so‘mga nisbatan qadrsizlandi. Xususan, 1 yevro 93,45 so‘mga arzonlashib, 10 499,29 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli esa 1,24 so‘mga pasayib, 188,27 so‘mni tashkil etdi.