Armanistonni Rossiyaga qarshi shaylash yaxshilikka olib kelmaydi - Korcharan

Kocharan: Dunyo o‘zgaradi, ko‘p narsa o‘zgaradi, lekin baribir Rossiya bizning strategik hamkorimiz bo‘lib qoladi.
Sputnik
TOShKENT, 28 sen - Sputnik. Armanistonning sobiq prezidenti Robert Kocharanning fikricha, mamlakatda Rossiyaga qarshi kayfiyatni shakllantirishga urinishlar yaxshilikka olib kelmaydi.
“Bu tendensiya hech qanday yaxshilikka olib kelmaydi. Dunyo o‘zgaradi, ko‘p narsa o‘zgaradi, lekin baribir Rossiya bizning strategik hamkorimiz bo‘lib qoladi”, dedi Kocharan Yerevanda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Sobiq prezident, shuningdek, Ukrainadagi voqealar tufayli Rossiyani zaiflashtirishga urinishlar Armaniston manfaatlariga to‘g‘ri kelmasligini qo‘shimcha qildi.
U, shuningdek, KXShTga a’zolik Armanistonning uchinchi davlatlardan qurol sotib olishiga to‘sqinlik qiladi, degan da’volarni rad etdi.
“Biz KXShTga a’zo bo‘lgan holda Rossiya Federatsiyasi, Yevropa, Xitoy va boshqa joylardan qurol sotib oldik. Bu muammo emas”, dedi Kocharan.