Yakkakurashlar bo‘yicha Yevroosiyo kubogida O‘zbekiston 34 ta medalni qo‘lga kiritdi

Taekvondochilar umumjamoa hisobida faxrli 2-o‘rinni egallashdi – tafsilotlar.
Sputnik
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Taekvondo ITF bo‘yicha “YevroOsiyo kubogi-2022” xalqaro turnirida o‘zbekistonlik yosh sportchilar 34 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, Rossiyaning Yekaterinburg shahrida 23-26 sentabr kunlari “YevroOsiyo kubogi-2022” xalqaro turniri o‘tkazildi.
Musobaqaning ikki yo‘nalishda 22 nafar sportchi O‘zbekiston sharafini himoya qildi.
“YevroOsiyo kubogi-2022”
Musobaqa yakuniga ko‘ra, sportchilar 10 ta oltin, 10 ta kumush hamda 14 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli 2-o‘rinni egallashdi.
“YevroOsiyo kubogi-2022”