Xalqaro Sport ta’limi anjumanida beshta shartnoma imzolandi – foto

O‘zbekistonga Jismoniy tarbiya va sport universitetlari Xalqaro Assotsiatsiyasiga a’zo Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Moldaviya, Belarus, Ozarbayjon, Turkiya, Ruminiya kabi davlatlardan kelgan 40 nafarga yaqin olim tashrif buyurdi.
Sputnik
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan XI Xalqaro ilmiy anjumanida sport ta’limiga doir 5 ta hamkorlik shartnomasi imzolandi. Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2011-yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Universitet sporti: millatning salomatligi va farovonligi” mavzusida talabalar va yosh olimlarning XI Xalqaro ilmiy anjumani bo‘lib o‘tdi.
XI Xalqaro ilmiy anjumani
Unda Jismoniy tarbiya va sport universitetlari Xalqaro Assotsiatsiyasiga a’zo Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Moldaviya, Belarus, Ozarbayjon, Turkiya, Ruminiya kabi davlatlardan kelgan 40 nafarga yaqin olim ishtirok etdi.
XI Xalqaro ilmiy anjumani
“Tadbirda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Assotsiatsiyaga a’zo 2 ta universitet hamda 3 ta sport akademiyasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi”, deyiladi xabarda.
XI Xalqaro ilmiy anjumani
Ma’lumot uchun, Assotsiatsiyaga jismoniy tarbiya va sport sohasida dunyodagi 61 ta yetakchi oliy ta’lim muassasasi a’zo bo‘lib, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 2001-yildan buyon a’zo hamda tashkilotchi sifatida faoliyat yuritadi.