TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filialida xorijlik mahoratli produser, ssenariy muallifi, rejissor Martin Smit “Filmlarga sarmoya kiritish va ishlab chiqarish” mavzusida mahorat darsi o‘tkazdi.
Martin Smit filmlarga sarmoya kiritish borasida so‘z yuritar ekan, “Pining hayoti. Yirtqich bilan yonma-yon”, “Avatar”, “Muzeydagi tun” kabi keng qamrovli filmlardan ko‘plab misollar keltirdi.
Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filiali
© Toshkent shahar hokimligi
Xususan, “Pining hayoti. Yirtqich bilan yonma-yon” filmini yaratish davomida ko‘plab qiyinchiliklar yuzaga kelgani, rejissorlarning qo‘nimsizligi, shuningdek, muammolarni bartaraf etishdagi tajribasi bilan ham o‘rtoqlashdi.
U mahorat darsi davomida O‘zbekistonga ikkinchi marotaba kelgani, bundan uch yil oldin Samarqandga sayohat qilganini ham ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, taniqli produser Buyuk Britaniyadagi eng yirik va nufuzli sarmoya kompaniyasi – “Ingenious” guruhi maxsus maslahatchisi bo‘lib, 700 ga yaqin filmlar produserligida ishtirok etgan.