TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Ta’lim inspeksiyasi tomonidan 2021-yil yakunlari bo‘yicha Oliy ta’lim muassasalari va akademik litseylar yangi milliy reytingi e’lon qilindi.
Reyting doirasida bitiruvchilari mavjud 92 ta oliy ta’lim muassasasining faoliyati samaradorligiga 4 ta yo‘nalish va 20ta indikatorlar bo‘yicha baho berildi.
Faoliyat samaradorligi yo‘nalishlari:
ilmiy-tadqiqot faoliyati va ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi;
o‘quv-metodik ishlar faoliyati va o‘qitish sifati;
talabalar bilimi va bitiruvchilar sifati;
sportni rivojlantirish.
Milliy reyting natijalari oliy ta’lim muassasalarining sohaviy mansubligidan kelib chiqqan holda tayyorlandi.
Ijtimoiy-gumanitar sohada yetakchi OTMlar (jami 33ta):
O‘zbekiston milliy universiteti,
Toshkent moliya instituti,
Samarqand davlat universiteti,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi,
Toshkent davlat yuridik universiteti;
So‘nggi o‘rinlar - Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti, Termiz davlat universitetining pedagogika instituti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Guliston davlat universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Texnika va qishloq xo‘jaligi sohasida yetakchi OTMlar (jami 21 ta):
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti,
Navoiy davlat konchilik instituti,
Toshkent davlat texnika universiteti;
So‘nggi o‘rinlar: Termiz muhandislik texnologiya instituti, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti.
Meditsina sohasida yetakchi OTMlar (jami 9ta):
Toshkent tibbiyot akademiyasi,
Buxoro davlat tibbiyot instituti,
Toshkent davlat stomatologiya instituti;
So‘nggi o‘rinlarni: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti egalladi.
Madaniyat, san’at va sport sohasida yetakchi OTMlar (jami 6 ta):
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi,
Milliy rassomchilik va dizayn instituti;
So‘nggi o‘rinlarda: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti.
Shuningdek, eng ko‘p xorijlik professor-o‘qituvchilar Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent davlat texnika universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetlarida faoliyat olib borgan.
Eng ko‘p xorijlik professor-o‘qituvchilar Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Janubiy Koreya, Belarus davlatlaridan tashrif buyurishgan. Eng ko‘p talabalar Turkmaniston, Pokiston, Rossiya, Hindiston, Qozog‘istondan kelishgan.
Ma’lumot uchun, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan OTM va litseylar reytingi 2017-yildan boshlab har yili e’lon qilib kelinmoqda. Milliy reyting tuzishdan maqsad - oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, ta’lim sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqish va ularni xalqaro reytinglarga kirishiga har tomonlama ko‘maklashishdir.