TOShKENT, 27 sen - Sputnik. Lugansk aholisi referendumning so‘nggi kunida o‘z uylari balkonlarida Rossiya bayrog‘ini ilib qo‘yishgan.
Bu ularning Lugansk xalq respublikasi Rossiya tarkibiga qo‘shilish tarafdori ekanini anglatadi. Referendum arafasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijasiga ko‘ra, LXR aholisining 90% Rossiyaga qo‘shilish tarafdori.
Rossiya jurnalistlariga bergan intervyularida aksariyatlar o‘z quvonchini yashirmasdan, ular Rossiya tarkibiga kirishni 8-yil davomida kutganliklarini va nihoyat ularning orzulari amalga oshganini aytmoqdalar.
Lugansk xalq respublikasi aholisi Rossiya ularni himoya qilishiga va endi ularning uylarida tinchlik bo‘lishiga ishonishmoqda.