Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Kiyev Energodar va ZAESni egallab olishga urinishi mumkin - Zaporojye ma’muriyati

Rogov: Biz dushmanning rejalari haqida bilamiz va o‘z yurtimizni himoya qilishga tayyormiz.
Sputnik
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Ukraina qo‘shinlari Energodar va uning chekkalarida hujum uyushtirishga urinishi mumkin. Bu haqda “Biz Rossiya bilanmiz” harakati raisi, Zaporojye viloyati ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Zelenskiy jangarilari Dneprni Kamenka-Dneprovskaya, Energodar va uning chekkalari, Ivanovka qishlog‘i orqali zo‘rlik bilan bosib o‘tishga urinishi mumkin. Shuningdek, ular Zaporojye atom elektr stansiyasini egallab olish rejalarini ham davom ettirmoqda”, dedi Rogov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalroq ittifoqchi kuchlar Ukraina qo‘shinlarini qo‘ndirishga bo‘lgan bir necha urinishlarni bartaraf etgan.
“Biz dushmanning rejalari haqida bilamiz va o‘z yurtimizni himoya qilishga tayyormiz”, deydi Rogov.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.