TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kosta-Rikaga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida mag‘lub bo‘ldi.
Jamoalar o‘rtasidagi bahs Janubiy Koreyaning “Suwon World Cup” stadionida bo‘lib o‘tdi. Qayd etish joizki, Kosta-Rika shu yil Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.
O‘yinning 26-daqiqasida Eldor Shomurodov raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Kosta-Rika jamoasi o‘yinga qo‘shib berilgan 3 daqiqada ikkita gol urib, g‘alabani ilib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, 23-sentabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi Kamerunni 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi.