Tahlilchilar YeIda uzoq davom etuvchi retsessiya kutilayotgani, xalq norozilikdan bosh ko‘tarishidan ogohlantirishmoqda. Mintaqadagi inqiroz qanday oqibatlarga olib keladi - RIA Novosti materialida batafsil.
Narxlar rekord o‘rnatishda davom etmoqda
Yevrostat ma’lumotlariga ko‘ra, avgust oyida YeIda non narxi o‘tgan yilga qaraganda 18% ga oshgan. Ayniqsa Vengriyada- 36% ga, Litva, Latviya, Estoniya va Slovakiyada 30% dan eng ko‘p narxi oshishi kuzatilgan.
Yevropaning g‘arbiy qismida vaziyat ancha yaxshi. Masalan, Fransiyada oziq-ovqat narxi 8% ga ko‘tarilgan, Niderlandiya va Lyuksemburgda - 10% ga.
Xorvatiyaninng Advance nashri yozishicha, boy bo‘lmagan mamlakatlarda vaziyat murakkabroq.
Ukraina donini Yevropa bozoriga yetkazib berishning bahorgi qisqarishi o‘z ta’sirini ko‘rsatdi - Qora dengiz portlarida 4,5 million tonnaga yaqin xomashyo qolib ketgan.
Shuningdek, shu yili yozda Yevropada 500-yildagi eng kuchli qurg‘oqchilik kuzatildi. Iyul oyidayoq Yevrokomissiya mintaqaning yarim mamlakatlarida hosil bo‘lmasligidan ogohlantirdi. Eng keskin vaziyat Irlandiya sharqi, Italiya, Vengriya, Ruminiya, Moldaviya va Finlyandiyada kuzatilmoqda.
Rossiya doniga qarshi eksport ham olovga moy sepdi. “Yevropa Ittifoqi cheklovlar bilan o‘z muammolarini yanada kuchaytirdi va anomal issiqlik sabab vaziyat yomonlashdi. Taxminlarga ko‘ra, hosil 15-20 % ga tushadi”, - deydi BitRiver moliyaviy tahlilchisi Vladislav Antonov.
Ukraina doni ta’minotini o‘rnini bosmoqchi bo‘lgan Hindistonning ob-havosi ham yaxshi ish qilmadi. Biroq, mamlakatda yoz issiq bo‘ldi. Eksportni qisqartirishga to‘g‘ri keldi, shu sababli hamon bozorda xomashyo tanqisligi bor.
Ammo muammo faqat tabiat hodisalarida emas. YeI Rossiya gazidan voz kechib, energetika inqiroziga duch keldi. Yevropada kotirovkalar narxi keskin oshdi - bir lahzada u ming kubometri uch ming dollardan qimmatga oshdi.
Yevropaliklar ko‘k yoqilg‘idan elektr generatsiyasida foydalanishmoqda. Natijada bir yil davomida yetkazib beriladigan elektr fucherlari narxi tarixiy rekordni yangiladi. Germaniya va Fransiyada uning narxi bir megavatt soat uchun ming yevrodan oshdi.
Shuningdek, YeIda gidroelektrostansiyalari uchun suv tanqisligi kuzatilmoqda. Masalan, Norvegiyada ularning hissasi 95% ni tashkil qiladi. Mamlakat quvvatini Shveysariyaga, Daniyaga, Niderlandiyaga eksport qiladi.
Xarajatlar ortib bormoqda va korxonalar mahsulotlar uchun narxlarni oshirishga majbur bo‘lmoqda. Oddiy yevropaliklarga esa xarajatlarni kamaytirish chorasi qoladi xolos.
Non narxining shiddat bilan oshishi xalq noroziligiga olib keladi, deb ogohlantirmoqda Italiyaning La Stampa gazetasi. YeI aholisi elektr va gaz tarifini kamaytirishni talab qilib ko‘chalarga chiqishgan edi. Mintaqada zavodlar yopilmoqda, kompaniyalar biznesini ixchamlashtirmoqda.
Biroq, Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayenning so‘zlariga ishonaladigan bo‘lsa, yevropaliklar Rossiyaga qarshi kurashish yo‘lida bu qiyinchiliklarga chidashga tayyor.
Shu sababli Brussel idoralar va jamoat joylarida haroratni pasaytirishdan a’loroq hech qanday chora o‘ylab topmadi. Amaldorlar odamlar uzoq qolmaydigan binolarni umuman isitish kerak emas deb hisoblashmoqda.
Yangi qaramlik
Brussel isitish uchun tejamkorlik qilayotgan bir paytda YeIda inflyatsiya eng yirik ko‘rsatkichlarga chiqmoqda. Avgustda u 10% dan oshdi, iyulda - 9,8. “Bu ko‘p jihatdan G‘arb markaziy banklarining o‘ta yumshoq siyosati bilan bog‘liq. Ular pandemiya tufayli tanazzulni yengib o‘tish uchun iqtisodga pul qo‘yishdi”, - deydi TeleTrade axborot-tahliliy markazi bosh iqtisodchisi Mark Goyxman. Bundan tashqari, geosiyosiy keskinliklar, energiya resurslari narxining oshishi, hosil yetishmasligi.
Ammo so‘nggi paytlarda ushbu omillar o‘z keskinligini yo‘qotmoqda deyishmoqda tahlilchilar. Regulyatorlar foiz stavkalarini oshirishmoqda.
Rossiya va ukrain donlarini yetkazib berish tiklandi. Yevropaning yerosti gaz omborlari 80-85 % larga to‘ldi. Ko‘k yoqilg‘i uchun kotirovkalar avgust oyidagi eng yuqori cho‘qqidan ming kub metr uchun uch yarim ming dollardan pastga tushdi. Qora oltin ortda qolmadi: Brent nefti birjada bir barrel uchun 90 dollardan arzonroq sotilmoqda.
Ammo yengil tin olishga hali erta. Snoptiklar Eski dunyoda qahraton qish bo‘lishini prognoz qilishmoqda. Gaz ta’minotida uzilishlarni hech kim istisno etmayapti.
Rossiyadan YeIda gaz nasoslari 50 milliard kubometrga kamaygan, deydi bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak. Xalqaro energetika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi 2021-yilda 155 milliard kub metr gaz sotib olgan. Shunday qilib, yetkazib berish deyarli uchdan bir qismga qisqarishi mumkin.
Ustiga-ustak eng ko‘p don ishlab chiqaradigan va iste’mol qiladigan Xitoyda ham kuzgi ekinlar unmadi. Pekin dunyo bozoridan don sotib olishni ko‘paytirmoqchi.
“Shu sababli uchun avgust oyida Yevropada non narxi qimmatlashishi - hammasi emas”, - deydi Vladislav Antonov.
Energoresurslar uchun ham ancha sarf-harajat qilishga to‘g‘ri keladi - ularning narxi so‘nggi o‘n yillikdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan bir necha baravar yuqori. Bruegel tahlilchilari hisob-kitoblariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi energiya inqirozi tufayli deyarli yarim trillion yevro yo‘qotgan.
Yevropa Ittifoqi a’zolari birgalikda aholi va biznesga zararni yumshatish uchun 314 milliard yevro ajratdi. Ittifoqdan chiqqan Britaniya 178 mlrd ajratdi. Biroq, mutaxassislarning aytishlaricha bu pullar yetarli emas.
“Biz Yevropada energotashuvchilar narxi keskin oshganini ko‘rib turibmiz, bu ular uchun juda qiyin qish bo‘ladi”, -demoqda Amerika moliya vaziri Janet Yellen.
Ayni paytda Amerikada vaziyat ancha yaxshi. “Albatta bu bizga ham ta’sir qiladi, ammo biz ularchalik bundan ko‘p zarar ko‘rmaymiz”, - deydi Yellen. Vashington “muqobil manbalarni topish uchun” siyosiy sheriklariga yordam bermoqchi.
Uzoq bosh qotirishga ehtiyoj tug‘ilmadi: yevropaliklarni o‘zlarining qimmat suyultirilgan tabiiy gazlariga o‘tkazishga qaror qilishdi. Yilning birinchi yarmida AQSh dunyodagi eng yirik eksportchiga aylandi – yetkazib berish 2021-yilning shu davriga nisbatan 12 foizga oshdi.
Asosiy qismi Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaga jo‘natildi - ular Yevropa suyultirilgan gaz importining umumiy hajmining 47 foizini ta’minladi. Eng ko‘p sotuvchilar qatorida Qatar, Rossiya va Afrika davlatlari ham bor.
Bundan tashqari, Germaniya va AQSh 2026-yildan boshlab yigirma yilga uzoq muddatli shartnomalar tuzishga kelishib oldi. Hozirda Germaniyada suyultirilgan gaz uchun infratuzilma yo‘q, biroq mamlakat zarur terminallarni jadal sur’atlarda qurmoqda.
Rossiyaning quvurlarda o‘tuvchi gazini o‘rnini bosish qiyin bo‘ladi. GFR kansleri Olaf Shols BAA dan atigi bir tanker suyultirilgan gaz uchun tuzilgan shartnoma bilan qaytdi, demoqda Bloomberg.
Shu sababli, tahlilchilar gaz narxining yanada oshishini prognoz qilishmoqda. Qishda uning har ming kubometri to‘rt ming dollardan oshadi, deyiladi Gazprom xabarida. Natijada Yevropa Ittifoqining sanoat sektorini muammolar kutmoqda.
Yevropada po‘lat, o‘g‘it va boshqa muhim tovar ishlab chiqaruvchi ba’zi kompaniyalari energiya narxining yuqoriligi sababli allaqachon ishlab chiqarish quvvatlarini AQShga ko‘chirishmoqda. “Amerika iqtisodiyoti Yevropadagi energetika inqirozidan eng ko‘p foyda ko‘rdi”, - deb yozmoqda The Wall Street Journal gazetasi.
Nashr “industrializatsiyaning yangi davri” boshlanishi xavfi haqida ogohlantirdi.
Deutsche Bank mutaxassislariga ko‘ra, mintaqani uzoq muddatli retsessiya kutmoqda. YaIMning pasayishi uch foizni tashkil etadi va kelgusi yilning o‘rtalarigacha davom etadi.