Bo‘lg‘usi shifokorlar qasamod qabul qildi - foto

Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-bosqichiga qabul qilingan talabalar ishtirokida “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-bosqichiga qabul qilingan 2300 nafar talaba qasamod qabul qildi. Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, har o‘quv yilida bo‘ladigan ushbu an’anaviy marosimda ta’lim muassasasining 1-bosqichiga qadam qo‘ygan talabalar tantanali ravishda qasamod qiladi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi
“Bu yil ham akademiya talabalari safiga qo‘shilganlar o‘z qasamodi orqali teran bilim olib, shifokorlik kasbini mukammal egallash va kelgusida xalqimizga vijdonan xizmat qilishni dillariga tukkan bo‘lsa, ajab emas”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Toshkent tibbiyot akademiyasi mamlakatdagi eng yetakchi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari biri hisoblanadi. Hozir o‘quv yurtining davolash, tibbiy-pedagogika, tibbiy-profilaktika, tibbiy-biologiya, harbiy-tibbiy va oliy hamshiralik ishi kabi fakultetlarida 9000 nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda.
Shuningdek, akademiyada magistratura bosqichida 49 ta, tor doirada shifokorlar tayyorlovchi klinik ordinaturada esa 38 ta mutaxassislik bo‘yicha talabalarga ta’lim berilmoqda.