Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

“Biz bu kunni juda uzoq kutgandik”: Donesk aholisi referendum haqida

Bugun DXR va boshqa ozod qilingan hududlarda Rossiyaga tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendumning so‘nggi kuni.
Sputnik
Erta tongdan Donesk aholisi ochilgan ovoz berish uchastkasiga kelib, o‘z referendumda qatnashishdi. Ular bu kunni uzoq kutishgani va Rossiya tarkibida bo‘lish ular uchun katta baxt ekanini ta’kidlashdi.
23 sentabr kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Xerson va Zaporojye viloyatlarida Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendum boshlandi. Ovoz berish besh kun, 27-sentabrgacha davom etadi.
19 sentabr kuni DXR va LXR Jamoat palatalari respublikalar rahbarlari Denis Pushilin va Leonid Pasechnikka Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha zudlik bilan referendum o‘tkazish tashabbusi bilan murojaat qildi. Ertasi kuni DXR va LXR rasmiylari referendum 23-
27 sentabr kunlari bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. Shuningdek, 20-sentabr kuni Xerson va Zaporojye viloyatlari ma’muriyati referendumlarni xuddi shu sanalarda o‘tkazish rejasini e’lon qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya referendum qarorlarini qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Respublikalar va viloyatlar vakillarining fikricha, Rossiyaga qo‘shilish ularning hududlari xavfsizligini ta’minlaydi va tarixiy adolatni tiklaydi.